Bosh prokuratura: paxta hosilini talon-taroj qilgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Departamentning Sirdaryo tuman bo‘limi tomonidan tumandagi «A.A» fermer xo‘jaligiga nisbatan to‘plangan hujjatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Unda, mazkur fermer xo‘jaligi rahbari A. va boshqalar fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan 6,0 gektar yerdagi ochilgan paxta hosilini terib olib, paxta tolasini chigitdan ajratib, tayyor bo‘lgan paxta xomashyosini fuqaro M.A va boshqalarga 13,8 mln. so‘mga sotib yuborib, davlat mulkini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-taroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan «A.A» fermer xo‘jaligi rahbari A. va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

20:04 / 18.04.2025
Sirdaryoda bir necha o‘g‘rilik sodir etgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

13:48 / 18.04.2025
Hududlarda yer sotish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi

17:06 / 17.04.2025
Sirdaryolik rahbarlar o‘zbek tili bo‘yicha diktantda salbiy natija qayd etgani ma’lum bo‘ldi

15:51 / 16.04.2025