Jahon | 15:15 / 08.10.2018
11683
1 daqiqa o‘qiladi

Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureatlari ma'lum qilindi

2018 yilgi iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureatlari e'lon qilindi.

Joriy yilda Nobel mukofotini ushbu yo‘nalishda Uilyam Nordxaus va Pol Romer oldi. Ularga iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti innovatsiyalar, iqlim va iqtisodiyot sohalaridagi tadqiqot uchun berildi.

Foto: Euronews

Taqdim etilgan laureatlarni taqdirlash marosimi an'anaviy ravishda Norvegiya poytaxti Oslo shahrida 10 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti jarroh va huquq himoyachisiga berilgani ma'lum bo‘lgandi.

Mavzuga oid