Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya orbitaga koinotdagi chiqindini yig‘uvchi sun'iy yo‘ldosh uchirmoqchi
Foto: Depositphotos / Johan Swanepoel
Roskosmosning sho‘'ba kompaniyasi 2020 yilda “Soyuz-2” raketasida Astroscale JapaN aerokosmik korporatsiyasining orbitani koinot chiqindilaridan tozalashga mo‘ljallangan sun'iy yo‘ldoshini orbitaga uchirmoqchi.
Bugungi kunda Yer orbitasida diametri 1 smdan kattaroq va 28 ming km/soatdan tezroq harakatlanuvchi 750 mingdan ko‘proq chiqindi mavjud. Bular asosan raketa va shattllarning turli qoldiqlari – ulkan o‘lchamdagi tezlashtiruvchi bloklardan tortib kichik bolt va gaykalardan iborat.
Gap ELSA-d sun'iy yo‘ldoshi haqida borib, u ikkita qurilmadan – koinot chiqindisiga yaqinlashib, uni tutib oladigan Chaser va tutish kerak bo‘lgan obektni aniqlaydigan Target’dan tashkil topgan.
Avvalroq Britaniyaga qarashli RemoveDEBRIS sun'iy yo‘ldoshi insoniyat tarixida birinchi marta orbitada koinot chiqindisidan tozalashni amalga oshirgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025