Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Donbass bo‘yicha muzokaralarga rus tilida gapirishdan bosh tortuvchi Ukraina prezidenti yuboriladi
Viktor Yushchenko Donbassdagi mojaroni hal etish bo‘yicha uch tomonlama aloqa guruhida Kiyevning vakili bo‘lish uchun kurashda yetakchi, deb hisoblanmoqda. Bu haqda «Kommersant'» muzokaralar jarayoniga yaqin manbalarga tayanib xabar tarqatdi.
Gazetaning suhbatdoshlaridan birining so‘zlariga ko‘ra, «Ukrainaning Rossiyaga eng qarshi bo‘lgan prezidenti Minskda Ukraina delegatsiyasiga rahbarlik qilishi mumkin va bu Rossiya uchun muammo bo‘ladi. Masalan, u rus tilida tarjimonsiz gaplashmaydi».
8 oktabr kuni Yushchenko Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashdi. Nashrning ta'kidlashicha, bu «tanishuv» bo‘lgan, undan keyin Minsk uning tayinlovi bilan norasmiy ravishda rozi bo‘lishi kerak.
Minskda Ukraina vakili bo‘lgan Leonid Kuchma o‘z vakolatlarini topshirdi. U Minsk kelishuvlariga imzo qo‘ygan va muzokara jarayonida ishtirok etgan oxirgi shaxs edi. Hujjatni YeXHTning Ukrainadagi elchisi Xaydi Talyavini (2015 yil iyun oyida iste'foga chiqdi), Rossiyaning Ukrainadagi elchisi Mixail Zurabov (2016 yilning iyulida lavozimidan bo‘shatildi), shuningdek, o‘zini mustaqil deb e'lon qilgan «Lugansk xalq respublikasi» va «Donetsk xalq respublikasi» rahbarlari Igor Plotnitskiy (2017 yilning noyabrida iste'foga chiqdi) hamda Aleksandr Zaxarchenko (2018 yil avgustida halok bo‘ldi) ham imzoladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukrainada «Moskvaga yetib boradigan» raketalar haqida ma'lum qilishgandi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025