Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya Google'dan qamoqxonalar suratini o‘chirishni so‘radi
Fransiya adliya vaziri Nikol Bellube Amerikaning Google kompaniyasidan Google Maps servisidan ahloq tuzatish muassasalari tasvirini o‘chirishni so‘radi. Bunga retsidivist Reduan Faidning vertolyotda qamoqxonadan qochgani sabab sifatida ko‘rsatilgan, deya ma'lum qiladi RTL radiostansiyasi.
Fransiyaning eng katta qidiruvdagi jinoyatchisi Reduan Faid o‘tgan hafta hibsga olingan, u deyarli uch oy qochib yurgan.
"Men Google'dan axloq tuzatish muassasalarini o‘chirishga doir choralar ko‘rishni so‘radim, hozircha bunga hech qanday javob berilmadi", - dedi Bellube radiotantsiyaga bergan intervyusida. Vazir bunday muassasalarning xaritada ko‘rsatilishini to‘g‘ri deb hisoblamasligini qo‘shimcha qilgan.
Ta'kidlash joizki, Faid 1 iyul kuni Parij ostidagi Sena va Marna departamenti qamoqxonasidan qochib ketgan. U axloq tuzatish muassasasini Belgiyada ro‘yxatdan o‘tgan vertolyotda tark etgan. Keyinchalik vertolyotni Parijning boshqa chekkasida yonib ketgan holda topishdi. Besh yil avval ham Faid qamoqxonadan qochishning uddasidan chiqqandi. O‘shanda u qamoqxona devorini portlatib, muassasaning bir necha xodimini garovga olgandi.
Mavzuga oid
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
21:53 / 26.05.2025
Tramp Putinning yolg‘on gapirayotganini biladi – Makron
16:40 / 26.05.2025