Nurmagomedov va Makgregor jangidan keyingi mushtlashuvning aniq sababi aytildi
Rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedov va irlandiyalik sportchi Konor Makgregorning jangidan keyin yuz bergan ommaviy mushtlashuvga aniq nima sabab bo‘lgani oshkor etildi.
Nurmagomedov Makgregor ustidan bo‘g‘ish usuli bilan g‘alaba qozonganidan so‘ng, oktagondan tashqarida mushtlashuv yuzaga keldi, u rossiyalik jangchi tomonidan keltirib chiqarildi.
TMZ ma'lumotlariga ko‘ra, mojaro Makgregorning do‘sti Dillon Denis Islom dinini haqorat qilgani tufayli kelib chiqqan. Bunga rossiyalik sportchi chiday olmadi va mushtlashuvga kirishib ketdi. Shu bilan birga, xabar qilinishicha, Denis Nurmagomedovni jang davomida ham haqorat qilib borgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nurmagomedovning otasi o‘g‘lini qattiq jazolashga va'da bergandi.
Mavzuga oid
00:41
Konor Makgregor jinsiy tajovuz qilganlikda aybdor deb topildi. U endi 250 ming yevro jarima to‘laydi
18:33 / 15.08.2024
Habib Nurmagomedov Rossiya soliq idoralari oldidagi barcha qarzlarini yopdi - OAV
21:04 / 06.08.2024
Rossiyada Habib Nurmagomedovning mol-mulki xatlandi
19:55 / 01.07.2024