Jahon | 19:40 / 09.10.2018
23904
2 daqiqa o‘qiladi

Turk politsiyasi Ozarboyjonning bosh o‘g‘risini ushladi  

Foto: Praym Kraym

Istanbul politsiyasi maxsus operatsiya davomida jinoiy doiralarda Lotu Guli laqabi bilan ma'lum bo‘lgan, Ozarboyjonning bosh “qonundagi o‘g‘risi” Nodir Salifovni ushladi. Bu haqda Sozcu nashri ma'lum qildi.

Turkiyada Salifov haqida ozarboyjonlik boshqa jinoiy “avtoritet” Ravshan Janiyev o‘ldirilgandan keyin gapirila boshlangan. Janiyev aynan Salifovning ko‘rsatmasi bilan o‘ldirilgani gumon qilinadi.

Salifov Rossiya OAVda Turkiyada bo‘la turib Rossiyaning Kaluga viloyatidagi tadbirkorlardan o‘lpon yig‘ayotgani haqida ma'lumot paydo bo‘lgandan so‘ng Istanbul politsiyasining uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limi ko‘z ostiga tushgan.

8 oktabrda Salifov Turkiyadan turib videokonferensiya yordamida Rossiyadagi ozarboyjonlik tadbirkorlarga o‘lpon solgani haqida ma'lum qilingan.

Salifov 23 avgustda Chernogoriyada qo‘lga olingan, biroq qo‘yib yuborilgan. U odam o‘g‘irlash, tovlamachilik va bosqinchilik ayblovlari bilan xalqaro qidiruvga berilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid