Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kiyevda Qirg‘iziston konsuli avtomobili o‘g‘irlab ketildi
Kiyev markazida Qirg‘izistonning Ukrainadagi elchixonasiga qarashli avtomobil olib qochildi. Bu haqda Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirligiga iqtibos keltirgan holda Kabar nashri ma'lum qildi.
Elchixona ma'lumotlariga ko‘ra, diplomatik raqamlarga ega Toyota Highlander mashinasi 10 oktabrga o‘tar kechasi o‘g‘irlangan.
Avtomobil o‘g‘irlangani aniqlanganda voqea joyiga politsiya chaqirtirilgan. Politsiyada ta'kidlanishicha, avtomobil Qirg‘iziston konsuliga tegishli bo‘lib, uning Kiyevning nufuzli tumanidagi uyi yoniga qo‘yilgan bo‘lgan.
Ushbu o‘g‘rilik yuzasidan “Avtomobilni olib qochish” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Qirg‘izistonning Kiyevdagi elchixonasi Ukraina tashqi ishlar vazirligiga avtomobilni topishda maksimal ko‘mak ko‘rsatishi iltimosi bilan nota yo‘llagan.
Mavzuga oid
08:50 / 24.05.2025
Kiyev va mintaqaga tungi hujum: jabrlanganlar bor
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025