Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Veolia Toshkent shahri suv ta'minoti tizimini boshqarishga kirishadi
O‘zbekiston va Fransiyaning Veolia kompaniyasi Toshkent shahridagi suv ta'minoti tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha kelishuv imzoladi, deya xabar beradi kompaniya matbuot xizmati.
Ma'lumotlarga qaraganda, batafsil kelishuv 2019 yilning birinchi yarmida kuchga kiradi va Fransiya kompaniyasi Toshkent shahridagi tozalash va suv ta'minoti tizimini boshqarishga kirishadi. Shu bilan birga, shartnoma 25 yil muddatga mo‘ljallangan bo‘ladi va umumiy aylanmalar taxminan 1,5 milliard yevroni tashkil etadi.
«Mazkur kelishuv O‘zbekistonda suv ta'minoti tizimiga eng yaxshi xalqaro amaliyot va tajribani, shuningdek, uskunani joriy etish imkonini beradi. O‘zbek tomoni aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash bo‘yicha loyihani amalga oshirishda bizni hamkor sifatida tanlaganidan mamnunmiz», - deya ta'kidlab o‘tdi Veolia ijrochi direktori Antuan Frerot.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga tashrifi davomida avtomobil transportida tashish, turizm, harbiy-texnikaviy hamkorlik, texnik ko‘mak, kosmosni tadqiq etish, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish, madaniyat va boshqa sohalarga oid 10ta hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolangandi.
Mavzuga oid
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
14:00 / 27.05.2025