Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziyada o‘lim jazosi bekor qilinishi mumkin
Malayziya hukumati o‘lim jazosining bekor qilinishi haqidagi qonun loyihasini tayyorladi. U parlamentning navbatdagi yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi. Bu haqda Malayziyaning huquqiy masalalar bo‘yicha vaziri Liyeu Vuy Keongga iqtibos keltirgan holda The Straits Times nashri ma'lum qildi.
Vazirning aytishicha, o‘lim jazosi bekor qilinishi haqidagi qaror qonunan qabul qilinmaguncha, mamlakatda o‘lim jazosini ijro etishga taqiqlov kiritiladi. Uning tushuntirishicha, taqiqlov kiritilgandan keyin umrbod qamoq jazosi joriy qilinadi.
Malayziya qonunlariga ko‘ra, o‘lim jazosi qasddan qotillik sodir etish, o‘ldirish maqsadida o‘g‘irlash, giyohvand moddalarni tashish va tarqatish, qurol kontrabandasi va shu kabi og‘ir jinoyatlar uchun qo‘llanadi. Hukumat ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 2007 yildan 2017 yilgacha 35 kishi qatl etilgan.
Ayni vaqtda Malayziya turmalarida o‘lim jazosiga mahkum qilingan 1,2 mingdan ko‘proq mahbus bor.
2017 yildagi ma'lumotlarga ko‘ra, BMTga a'zo 21 davlatda, jumladan, AQSh, Xitoy, Saudiya Arabistoni, Iroq, Pokiston va boshqa davlatlarda hamda BMT tomonidan tan olinmagan bitta davlatda o‘lim jazosi amaliyotda qo‘llangan.
Mavzuga oid
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
14:50 / 13.05.2025
Toshkent viloyatida Malayziya vakillari uchun maxsus sanoat zonasi tashkil etilyapti
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
12:42 / 01.05.2025