Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: NATO qiruvchilari va isroillik uchuvchilar Ukrainada S-300’ni sinovdan o‘tkazdi
Amerika-Isroil delegatsiyasi Ukrainaga maxfiy tashrif buyurib, ushbu mamlakatda bo‘lgan S-300 zenit raketa komplekslarining xususiyatlarini o‘rgangan. Bu haqda Vetnamning Soha News axborot portali xabar bermoqda.
Portal ma'lumotlariga ko‘ra, Ukraina tomoni o‘zining g‘arbdagi sheriklariga S-300 zenit raketa komplekslari jangovar imkoniyatlarini ta'riflab berdi, shuningdek, ularni dala maydonida sinash uchun taqdim etdi. Soha News’dan eslatishlaricha, muqaddam F-15C Eagle qiruvchilari rossiyalik harbiylar Suriya armiyasiga S-300 komplekslarini yetkazib berayotgani haqidagi xabarlar fonida Ukraina hududiga kelgan. O‘shanda samolyotlar «Toza havo-2018» mashqlarida ishtirok etishi xabar berilgandi.
Portal mualliflarining ta'kidlashicha, Ukrainaga to‘rtinchi avloddagi F-15C Eagle 18ta qiruvchisi, shuningdek, S-300’ni Amerika samolyotlar yordamida sinovdan o‘tkazgan isroillik uchuvchilar kelgan. Portalda ta'kidlanishicha, ukrainalik harbiylar AQSh va Isroil ekspertlarini mahalliy S-300 Rossiya Damashqqa yetkazib berayotgan komplekslardan hech qanday farq qilmasligini bildirishgan.
Sinovlar natijalariga ko‘ra, isroillik harbiylar beshinchi avloddagi F-35 Lightning II qiruvchilari Rossiyaning S-300’ga bemalol qarshi turishi mumkin, degan xulosaga kelishgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq The Independent gazetasi Suriyaning S-300 bilan mustahkamlanishi Yaqin Sharqdagi harbiy o‘yinni o‘zgartirishi haqida yozgandi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025