Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina sobiq bosh vaziri mamlakatda hokimiyat tez orada o‘zgarishi mumkinligini aytdi
Ukraina sobiq bosh vaziri Nikolay Azarovning bildirishicha, mamlakatda olti oydan so‘ng hokimiyat o‘zgaradi va hozirgi hukmron elitaga to‘lov uchun hisob taqdim etiladi. Bu haqda u feysbukdagi o‘z sahifasida yozgan.
Azarovning fikricha, hozirgi paytda mamlakat Bosh prokuraturasi «jinoyatchilar to‘dasi» hisoblanadi, uning a'zolari «aqldan ozgan va turli be'mani narsalarni o‘ylab topish bilan shug‘ullanishmoqda».
«Hokimiyat vakillari o‘tgan yillar davomida katta ishtiyoq bilan yo‘q qilganlarning bari esa, Ukraina xalqiga ularga barcha jinoyatlari uchun hisob taqdim etishda yordam beradilar», - deya ma'lum qildi Azarov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Qrim bo‘yicha rezolyutsiya loyihasini BMT Bosh assambleyasiga kiritmoqchi ekani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025