Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning yana bir shtatida o‘lim jazosi bekor qilindi
AQShning Vashington shtati oliy sudi o‘lim jazosini umrbod qamoq jazosiga o‘zgartirish haqidagi qarorni qabul qildi. Bu haqda The Seattle Times nashri yozmoqda.
Endilikda bunday jazo qo‘llanmaydi. Ijro etilmagan o‘lim jazolari umrbod qamoq jazosi bilan almashtiriladi. Ushbu qaror avvalroq o‘lim jazosiga mahkum qilingan 8 mahbusga tatbiq etiladi.
Vashington o‘lim jazosidan voz kechgan 19-shtat bo‘ldi. Shu bilan birga AQShning katta qismida o‘lim jazosi hamon qo‘llanadi. Oliy jazoni birinchi bo‘lib 1846 yilda Michigan shtati bekor qilgan. Bundan tashqari, Alyaska (o‘lim jazosi 1957 yilda bekor qilingan), Konnektikut (2012), Gavayi (1957), Illinoys (2011), Ayova (1965), Men (1887), Merilend (2013), Massachusets (1984), Minnesota (1911), Nebraska (2015), Nyu-Jyersi (2007), Nyu-Meksiko (2009), Nyu-York (2007), Shimoliy Dakota (1973), Rod-Aylend (1984), Vermont (1964), G‘arbiy Virginiya (1965), Viskonsin (1853) shtatlari hamda Kolumbiya federal okrugida o‘lim jazosi qo‘llanmaydi.
Mavzuga oid
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
17:55 / 08.04.2025
Dunyoda o‘tgan yili 1518 kishi qatl etildi - bu so‘nggi 10 yildagi eng yuqori ko‘rsatkich
19:10 / 20.03.2025
Xitoyda to‘rt nafar Kanada fuqarosi qatl etildi
16:33 / 19.03.2025