O‘zbekiston | 11:50 / 12.10.2018
7146
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston YuNESKO yangi jamg‘armasining birinchi donoriga aylandi

Foto: AP

O‘zbekiston hukumati «YuNESKO Dasturi va byudjyetini (C/5) qo‘llab-quvvatlash uchun manzilli bo‘lmagan mablag‘ni ko‘ngilli ajratish bo‘yicha YuNeSKO maxsus hisobi»ga 120 ming AQSh dollari miqdorida pul ajratgan birinchi donorga aylandi. 

Ushbu mexanizmning afzalligi shundan iboratki, u YuNESKOga Kotibiyatga moliyalashtirish yetarli bo‘lmagan dasturlarga mablag‘ yo‘naltirish hamda yuzaga keluvchi ehtiyojlarga munosabat bildirish orqali samaraliroq natija olishga imkon beradi.

O‘zbekiston prezidentining YuNESKOga tashrifi arafasida, 2018 yil 5 oktabr kuni O‘zbekistonning YuNESKOdagi doimiy vakili va Strategik rejalashtirish byurosi direktori Jan-Iv Le So o‘rtasida tegishli kelishuv imzolandi. Uning ta'kidlashicha, YuNESKO yordam va ishonchi, shuningdek, tashkil etilgan jamg‘armaning dastlabki donoriga aylangani uchun O‘zbekistondan juda minnatdor.

Mavzuga oid