Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda ota o‘z farzandlarini jinoyatiga sherik qildi
Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Shu yil 6 oktabr kuni “Ko‘xna shahar” MFYda yashovchi O‘.Q. IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu yil 28 sentabr kunidan 5 oktabr kunigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxslar “Ruslan chorvador invest” fermer xo‘jaligi dala maydonidan 5 bosh qoramollarini o‘g‘irlab ketganliklarini ma'lum qilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni “O‘zbekiston” MFYda yashovchi R.Sh. va uning birga yashovchi o‘g‘illari O.Sh. hamda A.Sh. sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
22:09 / 23.04.2025
Olmaliqda shirinlikni yeb qo‘ygan bolasining qo‘lini kuydirgan ona 2 yilga qamaldi
19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor
17:21 / 05.04.2025