Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda politsiyachining yangi standarti joriy qilinadi
Qozog‘iston ichki ishlar vazirligida Qozog‘iston politsiyasi qanday o‘zgarishi ma'lum qilindi.
Vazirlik ma'lumotlariga ko‘ra, prezident ma'muriyati boshchiligida Qozog‘iston politsiyasini modernizatsiyalash bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqish boshlangan.
Ichki ishlar vazirligi xodimlar sonini optimallashtirish, boshqaruv bo‘g‘inlarini qisqartirish, politsiyani unga xos bo‘lmagan vazifalardan ozod etish, jamiyatning ishonch darajasi va aholida xavfsizlik hissini mo‘ljal olgan holda politsiyani baholash mezonlarini tubdan o‘zgartirish rejalashtirilmoqda.
Qozog‘iston ichki ishlar vaziri Kalmuxanbet Qasimov aholi bilan ishlashning zamonaviy shakllari, xodimlarni tanlash, joylashtirish va xizmat bo‘yicha ko‘tarilish tizimidan tortib ust-boshning o‘zgarishigacha masalalarni qamrab olgan politsiyachining yangi standarti tasdiqlanishini ma'lum qilgan.
Bundan tashqari, Qasimov jinoyatchilikka qarshi kurash va viloyatlarda huquqbuzarlik profilaktikasi bo‘yicha ishni faollashtirishni topshirgan. Bunda asosiy e'tiborni jinoyatlarning katta qismini tashkil qiluvchi o‘g‘riliklarga qaratish kerakligiga urg‘u berilgan.
Vazirlikda ma'lum qilinishicha, joriy yilning 9 oyi davomida jinoyatlar soni 9 foizga (20,7 mingtagacha) kamaygan. Bezorilik, o‘g‘rilik, bosqinchilik, yo‘lto‘sarlik, jamoat joylari va ko‘chalarda, mast holatda, avval sudlanganlar va balog‘atga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni kamaygani qayd qilingan.
Mavzuga oid
18:39 / 27.03.2025
Angliya politsiyachilari me’yoridan ortiq ishlayotgani sabab jinoyatlarni fosh eta olmayapti
14:35 / 15.03.2025
Peruda pul o‘g‘irlagan maymun politsiya tomonidan qo‘lga olindi
17:23 / 11.03.2025
AQShda 40 yil oldin qamoqdan qochgan jinoyatchi ushlandi
15:39 / 11.03.2025