Jamiyat | 12:19 / 13.10.2018
11961
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda haydovchi YHXB xodimini jarohatladi

Illyustrativ foto

Shu yil 12 oktabr kuni Surxondaryo viloyatining Angor tumanida viloyat YHXB xodimi safdor B.P. Yangi turmush mahallasida xizmat olib borgan, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, u shu yerda harakatlanib kelayotgan, Muzrabot tumanida yashovchi S.M. boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtomashinasini to‘xtatib, undan avtomashina hujjatlarini taqdim etishini so‘raganida, haydovchi S.M. xodimning qonuniy talablariga bo‘ysunmay avtomashinani harakatlantirib safdor B.P.ni turtib yuborgan.

Natijada safdor B.P. jarohat olib, unga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan. S.M. qo‘lga olingan. 

Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid