Jahon | 21:36 / 14.10.2018
8032
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada samolyot odamlarni urib yubordi

Germaniyaning Gessen federal yerida yengil motorli samolyot odamlarni urib yubordi.

Foto: Kamil Eryazar‏ @FarkliBirBakis_

Ta'kidlanishicha, uchuvchi qo‘nishga noto‘g‘ri kirib, ikkinchi davraga ketishga majbur bo‘lgan. Uchuvchi zarur balandlikka ko‘tara olmagach, samolyot aerodromdagi to‘siqqa urilib, uning yonida turgan odamlarni qanoti bilan urib yuborgan.  

Ushbu hodisa oqibatida 3 kishi, jumladan bir bola halok bo‘lgan, 8 kishi jarohat olgan. Samolyot uchuvchisiga hech narsa qilmagan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid