Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xabib Nurmagomedov Konor Makgregorning taklifini rad etgani ma'lum qilindi
Rossiyalik yakkakurash jangchisi Xabib Nurmagomedov irlandiyalik Konor Makgregor bilan 15 mln dollarga revansh jang o‘tkazish taklifini rad etdi. Bu haqda “Sport-Ekspress” nashriga Xabibning amakisi Aleks Nurmagomedov ma'lum qilgan.
Nurmagomedov 6 oktabrda Las-Vegasda o‘tgan jangda Makgregorni mag‘lub etib, UFC chempioni unvonini himoya qilgandi.
Xabib va Konor o‘rtasida revansh jang bo‘lishi mumkinligi haqidagi savolga Xabibning amakisi rad javobini bergan.
“Konor Xabibga qiziqmas. Xabib u bilan hech qanday pulga jang qilmaydi. Unga revansh jang taklif qilinmoqda. Uning roziligi uchun 15 mln dollar taklif qilishdi. Biroq Xabib “yo‘q” deb javob qildi. Konor jang qilishga navbatga tursin, boshqalar bilan urishib ko‘rsin. Xabib esa Fergyuson (Toni) bilan jang qilib, so‘ngra faoliyatini yakunlamoqchi”, deb aytgan Aleks Nurmagomedov.
Mavzuga oid
08:07 / 22.03.2025
Konor Makgregor Irlandiya prezidenti bo‘lish istagini bildirdi
00:41 / 23.11.2024
Konor Makgregor jinsiy tajovuz qilganlikda aybdor deb topildi. U endi 250 ming yevro jarima to‘laydi
10:59 / 24.01.2021
UFC 257. Markaziy jangda Pore Makgregorni nokautga uchratib, revansh oldi
19:10 / 29.11.2019