Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chegaradan tovarlarni boj to‘lovisiz olib kirish me'yorlari qat'iylashtirildi
Chegarani kesib o‘tuvchi jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarning boj to‘lovisiz olib kirilishi me'yorlari qat'iylashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Dalat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi “Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasining avtoyo‘l (yo‘lovchi), temir yo‘l va daryo o‘tkazish punktlari orqali bojxona to‘lovlari undirilmaydigan ayrim tovarlarni olib o‘tishning miqdor normalariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi.
Bu qarorga ko‘ra, endilikda jismoniy shaxslar olti oyda bir marta (avval bir oyda bir marta) O‘zbekistonga boj to‘lamagan holda bir dona maishiy yoki kompyuter texnikasi olib kira olishadi.
Ro‘yxatda maishiy va ofis texnikasining 20 turi keltirilgan. Bular sovitgichlar, konditsionerlar, elektr plitalar, televizorlar va shu kabilar. Bu tovarlarning umumiy og‘irligi 10 kg dan oshmasligi kerak.
Mavzuga oid
10:55 / 06.05.2025
Chegarada ushlab qolingan madaniy boyliklar summasi ma’lum qilindi
16:52 / 29.04.2025
Qirg‘iziston Tojikiston bilan chegarani tikanli simlar bilan to‘sishni boshladi
18:28 / 08.04.2025
Janubiy Koreya chegarani kesib o‘tgan KXDR askarlariga qarata ogohlantiruvchi o‘t ochdi
16:31 / 08.04.2025