Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryo viloyatida “Ezgulik patruli” o‘z faoliyatini boshladi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi yo‘l xavfsizligini ta'minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va ushbu qaror bilan tasdiqlangan “2018-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasida yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash konsepsiyasi” va “2018-2019 yillarda O‘zbekiston Respublikasida yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” sohada ulkan o‘zgarishlar, tizimda tub burilish yasashga xizmat qilmoqda.
Shu maqsadda Qashqadaryo viloyatidagi mavjud yo‘l patrul xizmati inspektorlari ichidan muomalasi, o‘zini tutishi bilan ko‘pchilikka o‘rnak bo‘layotgan to‘rt nafari ajratib olindi va “Ezgulik patruli” tashkil etildi. Ular uchun alohida patrul avtomobili ajratilib, u alohida, maxsus ko‘rinishda jihozlandi. “Ezgulik patruli” joriy yilning oktabr oyidan o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda KUN.UZ’ga viloyat IIB Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ularning asosiy vazifalari yo‘l harakati qoidalarini targ‘ib qilish, piyodalarga, keksalarga, bolalarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, madaniyatli harakat ishtirokchilarini rag‘batlantirish, yo‘llarda noxush vaziyatlarga tushib kolganlarga yordam qo‘lini cho‘zish kabi ezgu ishlar kiradi.

- Birinchi kundan ishlarimiz jadallashib ketdi, - deydi “Ezgulik patruli” xodimi, YPX inspektori, safdor Dildora Ismoilova. - Ishlab turgan joyimizga bir qizcha kelib, haydovchilik guvohnomasi topib olganligini, uni kimga topshirish kerakligini so‘radi. Biz guvohnomani olib, darhol boshqarmamiz bilan bog‘landik. Fuqaroning manzilini olib, haydovchilik guvohnomasini unga olib borib berdik. Juda xursand bo‘ldi.

Sarvar Anvar o‘g‘li,
KUN.UZ muxbiri
Mavzuga oid
15:27 / 15.04.2025
Qashqadaryoda YPX xodimiga faol qarshilik ko‘rsatgan haydovchi qamoqqa olindi
17:18 / 08.02.2025
“Sen qulsan” – Kosonda kelinini muntazam xo‘rlab kelgan qaynota va qaynona hamda ularning o‘g‘li ozodlikdan mahrum qilindi
11:02 / 15.12.2024
Taxtiqoracha dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi
18:04 / 06.11.2024