Jahon | 22:28 / 17.10.2018
6984
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni Istanbuldagi konsuliga qarshi tergov boshladi

Saudiya Arabistoni hukumati jurnalist Jamol Qoshiqchining yo‘qolishi tergov qilinayotgan bir paytda Istanbuldagi konsuli Muhammad Utaybaga qarshi tergov boshladi. Bu haqda Saudiya Arabistoni OAV ma'lum qildi.  

Jurnalist aynan shu konsullikka tashrif buyurganidan so‘ng izsiz yo‘qolgan. 

Ta'kidlanishicha, Utayba o‘z lavozimidan olingan. Biroq OAV konsulga qarshi tergov qanday huquqbuzarlik bilan bog‘langani borasida aniqlik kiritmagan.  

Utayba 16 oktabrda Turkiyadan Saudiya Arabistoniga qaytgandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid