Jahon | 22:38 / 18.10.2018
2668
1 daqiqa o‘qiladi

Ekvador Venesuela elchisini mamlakatdan chiqartirib yubordi

Foto: RIA Novosti / Dmitriy Znamenskiy

Ekvador hukumati Venesuela elchisini mamlakatdan chiqartirib yuborishga qaror qildi. Bu haqda Ekvador tashqi ishlar vaziligi ma'lum qilgan.

Vazirlik bergan bayonotda bunga Venesuela aloqa va axborot vaziri Xorxe Rodrigesning Ekvador prezidenti Lenin Morenoga qarshi qaratilgan bayonoti sabab bo‘lgan.

“Ekvador o‘z hukumatiga hurmatsizlik ko‘rsatilishiga chidab turmaydi. Shu bilan birga o‘z demokratik va gumanitar tamoyillariga sodiq Ekvador mamlakatga kirayotgan venesuelaliklarning huquqlarini himoya qilish uchun iqtisodiy va ijtimoiy choralar qabul qilib, ularga yordam berishni davom ettiradi”, deb aytilgan xabarda. 

Ekvador tashqi ishlar vazirligi mamlakatning Venesueladagi vaqtinchalik ishonchli vakilini maslahatlashuvlar uchun ortga chaqirtirib olgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid