Fan-texnika | 17:35 / 19.10.2018
6952
1 daqiqa o‘qiladi

Ispaniya Kubogi qur'asi: «Real» Afrikaga yo‘l oladi, «Barselona» kamtarona klub bilan bellashadi

Ispaniya Kubogining 1/16 final bosqichiga qur'a tashlandi.

«Real» kamtarona «Melilya» klubi bilan o‘ynaydi. Bu shahar Afrikaning O‘rtayer dengizi qirg‘og‘ida, Ispaniyaga tegishli hududda joylashgan.

Kubokning amaldagi sohibi «Barselona» esa «Leonesa» bilan bahslashadi.

Ispaniya Kubogi, 1/16 final

Melilya – Real Madrid
Leonesa – Barselona
Ebro – Valensiya
Sant-Andreu – Atletiko Madrid
Vilyanovense – Sevilya
Almeriya – Vilyarreal
Malorka – Valyadolid
Kadis – Espanol
Sporting Xixon – Eybar
Lugo – Levante
Kordoba – Xetafe
Atletik Bilbao – Ueska
Alaves – Jirona
Leganes – Rayo Valekano
Selta – Real Sosedad

Dastlabki o‘yinlar 31 oktabrda, javob bahslari 5 dekabrda o‘tkaziladi.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid