Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubaydagi barcha taksilarda bepul Wi-Fi joriy qilinadi
Dubay mahalliy aholi va sayyohlarga barcha 10800 ta taksida bepul internetga kirishni taqdim qiladi, deb xabar berdi ATOR.
Wi-Fi tizimini joriy qilish bilan shug‘ullanadigan kompaniya dastlab bu xizmatga talabni o‘rganib chiqadi.
“Siz Wi-Fi’ga ega barcha 10 ming mashinani bir soatda ishga tushira olmaysiz, buning uchun turli odamlar bu xizmatdan qanday foydalanishini bilishingiz kerak”, deb aytgan kompaniya vakili. Dasturchilarning fikricha, aeroportdan mehmonxonaga yo‘lda elektron pochtani tekshirish va messenjerlarda muloqot qilish uchun Wi-Fi’dan foydalanadigan talaygina sayyohlar topiladi.
Dubay taksilarida internet sayyohlar uchun yangilik emas. 2016 yilda ilk bepul Wi-Fi Dubay aeroportining 500 taksisida, 2017 yilda esa tajriba tariqasida 700 ta shahar mashinasida joriy qilingan.
Mavzuga oid
20:35 / 27.05.2025
Moskvada shaharni bilmagan taksi haydovchilari jarimaga tortiladi
00:19 / 28.04.2025
Dubay turistlar uchun yangi talablarni e’lon qildi
14:36 / 25.04.2025
O‘zbekistonliklar BAAda jinoyat sodir etishi ko‘paygani sababli vizasiz rejim bekor qilinishi mumkin
18:11 / 02.04.2025