Jahon | 12:24 / 20.10.2018
5780
1 daqiqa o‘qiladi

Makedoniya parlamenti mamlakat nomi o‘zgarishini ma'qulladi

Foto: RIA Novosti / Aleksey Vitvitskiy

Makedoniya parlamenti mamlakat konstitutsiyasiga o‘zgartishlar kiritishni qo‘llab-quvvatladi, ular davlat nomini o‘zgartirishni nazarda tutadi. Bu haqda «RIA Novosti» axborot agentligi xabar bermoqda.

NATO va Yevropa ittifoqiga qo‘shilish uchun Skope mamlakat nomini o‘zgartirmoqda - Makedoniyadan Shimoliy Makedoniyaga.

Parlament raisi Talat Ja'fariyning so‘zlariga ko‘ra, 80 nafar deputat Gretsiya bilan bitim asosida tegishli o‘zgartishlar kiritishni ma'qulladi, 39 kishi qarshi chiqdi. Shundan so‘ng, hujjat imzolash uchun Makedoniya prezidenti George Ivanovga topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq NATO bosh kotibi Makedoniyadagi siyosiy rahbarlar va partiyalarga chaqiriq bilan chiqqandi.

Mavzuga oid