Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahrida o‘tayotgan "Do‘stlik" festivali 21 oktabr kuni ham davom etadi
20 oktabr kuni Toshkent shahrining "Sayilgoh" ko‘chasi hamda yangi rus adabiyotining asoschisi — A.S.Pushkin haykali atrofida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi birinchi hududlararo Forum "Do‘stlik" festivali bo‘lib o‘tdi.
Ushbu festivalda kitob yarmarkasi, milliy va zamonaviy hunarmandchilik ko‘rgazmasi, o‘zbek rassomlarining asarlari, sahnalashtirilgan teatr tomoshalari, raqs konsert dasturlari, milliy taomlarning tayyorlanishi va ularning savdosi ham tashkillashtirildi.
Tashkilotchilarning KUN.UZ’ga xabar berishicha, ko‘p sonli shaharliklarning talab va istaklariga binoan festival 21 oktabr kuni ham davom etadi. Shu kuni Navoiy teatri oldida katta tomosha, shuningdek, “Ijodiy kecha”, “Avto-moto shou”, “Teatr san'ati kechasi”, “Xalqlar Do‘stligi” yonida konsert, Musiqa festivali va shoirlik kechasi bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025