Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vneshekonombank Toshkent hokimligiga transportni rivojlantirish uchun 100 mln dollar ajratadi
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida «Vneshekonombank», «VEB-lizing» AJ va Toshkent shahar hokimligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi.
Hujjatga ko‘ra, tomonlar umumiy qiymati 100 mln dollarga teng Rossiya texnikasi, uskunalari va raqamli texnologiyalardan foydalangan holda Toshkentda yo‘l harakatini tashkil etish, shahar transporti va yo‘l xo‘jaligini modernizatsiya qilish dasturlarini moliyalashtirish bo‘yicha uzoq muddatli, samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish niyatida.
Tomonlarning ta'kidlashicha, imzolangan bitim - Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston o‘rtasidagi keng qamrovli hamda o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli kun tartibining bir qismidir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning qo‘shma bayonoti e'lon qilingandi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025