Jahon | 12:38 / 22.10.2018
17981
2 daqiqa o‘qiladi

Alisher Usmonov Mail.Ru Group boshqaruvidan voz kechdi

Foto: Anton Belitskiy

USM Mail.Ru Group'ni nazorat qiluvchi yagona tomon bo‘lib qolmaydi, deyiladi kompaniya saytidagi xabarda. U yerda ko‘rsatilishicha, endi «MF Texnologii» AJ orqali Mail.Ru Group’ni aksiyadorlardan birortasi bir o‘zi nazorat qilmaydi, deb xabar bermoqda RBK.

O‘zgarishlarga muvofiq, Mail.Ru menejyerlari Boris Dobrodeyev va Dmitriy Sergeyev, shuningdek, «Gazprombank» top-menejyerlari Alan Vaksman hamda Sergey Mednov yangi a'zolar sifatida direktorlar kengashi tarkibiga kiritiladi. Ular mos ravishda Sergey Soldatenkov, Ivan Streshinskiy, Anna Serebryanikova va Vlad Volfsonni almashtirishlari kerak.

Alisher Usmonovning o‘zi, qabul qilingan qarorga izoh berib, «bu jarayonga so‘nggi yillar davomida tayyorgarlik ko‘rgani»ni bildirdi. «Aminmanki, yuqori texnologiyali kompaniyalarni yosh avlod - zamonaviy raqamli biznesning rivojlanish tendensiyalaridan xabardor bo‘lgan iste'dodli hamda katta maqsadli shaxslar boshqarishi lozim», - deyiladi USM asoschisi bayonotida.

«Men boshqaruvni bemalol tark etyapman: bizning biznes va moliyaviy natijalar hech qachon yuqori emasdi, Mail.ru Group jamoasi esa - o‘z ishining ajoyib professionallari», - deya ma'lum qildi Usmonov.

«Hayotimda ikkita narsa ustun turadi - odamlarga yordam berish va kelajakka intilish», - dedi tadbirkor. Uning so‘zlariga ko‘ra, endi u xayriya faoliyati bilan shug‘ullanish niyatida. Biznes sohasida Usmonov Yevropada e-commerce sohasida eng yirik kompaniyani tashkil etib, Amazon va Ebay’dan o‘tib ketmoqchi.

Mavzuga oid