Marselo og‘ir damda «Real»ni tark etmoqchi

Foto: Goal.com
«Real» himoyachisi Marselo klubdan ketishni istamoqda.
Tuttosport nashri ma'lumotiga ko‘ra, braziliyalik futbolchi yanvar oyidayoq o‘zini «Yuventus»ga qo‘yib yuborishlarini so‘rab, «Real» rahbariyatiga murojaat qilgan. Ta'kidlanishicha, u mavsum boshidan buyon klub rasmiylariga bir necha marotaba mazkur masalada iltimos bilan chiqib, iyungacha kuta olmasligini aytib keladi.
Manbaga ko‘ra, Marselo Turin klubining o‘ziga nisbatan befarq emasligini biladi va o‘zi ham ayni shu jamoa safida o‘ynamoqchi. Unda bunday istakning paydo bo‘lishiga hujumchi Krishtianu Ronalduning «Yuve»ga ko‘chib o‘tgani sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
Qayd etilishicha, himoyachi ayniqsa hozirgi inqiroz davrida klubni tark etishni istayotgani «Real» prezidenti Florentino Peresga yoqmayapti. Ammo tajribali funktsioner uni ushlab qolish qiyinligini ham tushunib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ushbu manba tomonidan «Real» Marseloga 50-60 million yevro atrofida transfer qiymati belgilangani xabar qilingan edi.
Mavzuga oid

16:55
«Real» Karlo Anchelotti ketishini e’lon qildi

19:12 / 18.05.2025
«Cho‘ksang kattaroq dengizda cho‘k». Gulerning onasi, Madriddagi sarguzashtlari va zilziladan omon qolgan muxlisi haqidagi hikoyasi

12:45 / 27.04.2025
Mojaroli klasiko. «Real» bu safar jang taklif qildi, ammo ozroq yetmadi

02:38 / 03.04.2025