Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misrda favqulodda vaziyat tartibi yana 3 oyga uzaytirildi
Misr parlamenti deputatlari mamlakatda amal qilayotgan favqulodda vaziyat tartibini yana 3 oyga – 2019 yil yanvar oyi o‘rtalarigacha uzaytirish uchun ovoz berishdi..
Bunday qaror Misr maxsus xizmatlariga yanvar o‘rtalarigacha terrorchilik xavflariga qarshi kurashish va uning moliyalashtirilishiga to‘sqinlik qilish, mamlakatning barcha hududlarida xavfsizlikni ta'minlash uchun zarur choralar ko‘rishga imkon beradi.
Misrda favqulodda vaziyat tartibi 2017 yil aprelida ibodatxonalardagi portlashlardan keyin kiritilgan. O‘sha teraktlar oqibatida 40 dan ko‘proq odam halok bo‘lgan. O‘shandan beri favqulodda vaziyat tartibi muntazam uzaytirib kelinmoqda.
Mavzuga oid
11:23 / 25.05.2025
Toshkentda daraxt bosib qolgan bir kishi vafot etdi
14:56 / 22.05.2025
Moskva chet elliklarni urushga qanday jalb qilmoqda? Fuqaroligini yo‘qotgan misrlik yollanma askar hikoyasi
15:41 / 19.05.2025
O‘zbekiston-Misr neft-kimyo va energetika sohasida loyihalarni amalga oshiradi
19:47 / 13.05.2025