Jahon | 23:21 / 22.10.2018
10440
2 daqiqa o‘qiladi

Shvetsiyalik talaba kartoshkadan plastik oldi

Foto: jamesdysonaward.org

Shvetsiyadagi Lund universiteti talabasi Pontus Trenkvist kartoshka kraxmalidan o‘z xususiyatlariga ko‘ra plastikka o‘xshash material yaratdi. 

Talaba The James Dyson Award tanlovida “kartoshka plastigi”dan (Potato Plastic) tayyorlangan pichoq va sanchqini taqdim qilgan. Uning aytishicha, bunday material ikki oy ichida chirib yo‘q bo‘lib ketadi. Potato Plastic tarkibida suv va kraxmaldan boshqa hech narsa qo‘llanmaydi. Trenkvistning ta'kidlashicha, bunday materialdan idish-tovoq va oshxona anjomlarini tayyorlash mumkin.

Ushbu tanlovda butun dunyodan talabalar ishtirok etadi. Ular dolzarb global muammolarni hal qilish uchun turli ishlanmalarini taklif qilishadi. Tanlovda, shuningdek, ko‘llardagi suvni insondan 7 marta tezroq tozalovchi robot taqdim qilingan.  Tanlov g‘olibi noyabrda e'lon qilinadi. U loyihasini rivojlantirish uchun 30 ming funt sterling mukofot puli oladi.

Sentyabrda atrof-muhitda to‘plangan kimyoviy moddalar kosatkalar hayotiga xavf solishi ma'lum qilingan. Olimlar 50 yildan keyin sut emizuvchilarning bu turi butkul yo‘qolib ketishi mumkinligi haqidagi xulosaga kelishgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid