Jamiyat | 14:50 / 22.10.2018
6202
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekiston» noshirlari Mirzacho‘l paxta dalalarida terimchilarga kitob sovg‘a qilishdi

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tizimidagi nashriyot-matbaa ijodiy uylari xodimlari paxtakorlarga dalda bo‘lish, ularning madaniy hordiq chiqarishlariga ko‘maklashish maqsadida Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatiga ijodiy safarlar uyushtirishmoqda.

Xususan, «O‘zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi vakillari, shoir va yozuvchilar bilan birgalikda Jizzax viloyatining paxta dalalariga borishdi. 

Nashriyot xodimlari tomonidan Mirzacho‘l tumanidagi «Mirzadala» ShFY, «Abay» nomli va «Toshkent» suvdan foydalanish uyushmalari, «Alisher Furqat» va «Shoira Qo‘qonova» fermer xo‘jaliklari terimchi va hasharchilarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida uchrashuvlar o‘tkazilib, badiiy tadbirlar tashkil etildi.

Shundan so‘ng ushbu nashriyot uyi tomonidan nashr etilgan 50 nomdagi 150dan ortiq adabiy-badiiy kitoblar terimchi va hasharchilarga sovg‘a tariqasida ulashildi.

 

Mavzuga oid