Jahon | 10:19 / 23.10.2018
4070
1 daqiqa o‘qiladi

Xemingueyning e'lon qilinmagan hikoyalari 2019 yilda ilk bor nashr etiladi

Foto: Wikimedia Commons

2019 yilning yozida amerikalik yozuvchi, 1954 yilda adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureati bo‘lgan Ernest Xemingueyning avval e'lon qilinmagan ikkita hikoyasi nashr etiladi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Yozuvchining adabiy merosi boshqaruvchisi Maykl Katakis so‘zlariga ko‘ra, 1950-yillarda yozilgan «Monument» hamda «Hindular davlati va oqlar armiyasi» hikoyalari «Qo‘ng‘iroq kim uchun chalinmoqda» romanining yangi nashriga kiritiladi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, maxsus nashrga «Bog‘ tomondagi xona» hikoyasi ham kiritiladi, u Strand Magazine jurnali 2018 yilda uni e'lon qilishidan avval oddiy o‘quvchilar orasida deyarli noma'lum bo‘lgan.

Hozirgi paytda romanning yangi nashri qachon aniq chiqarilishi xabar qilinmayapti.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid