Sport | 16:24 / 24.10.2018
67134
3 daqiqa o‘qiladi

«100 million». Nurmagomedov Makgregor bilan revanshga qanday shartda rozi bo‘lishi ma'lum qilindi

Foto: AFP

Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) chempioni Habib Nurmagomedovning menejyeri Ali Abdulaziz aralash yo‘nalishlar (MMA) bo‘yicha jangchi Konor Makgregorga murojaat bilan chiqdi. Bu irlandiyalik jangchi bahsdagi o‘z xatolarini ma'lum qilganidan so‘ng yuz berdi.

Dog‘istonlik jangchining menejyeri instagramdagi o‘z sahifasida Makgregorga murojaat qilgan.

«Chempion Habib Nurmagomedov kimnidir so‘zlariga e'tibor qaratish uchun juda band, u hayotdan zavqlanmoqda. Lekin mening bu mayda shaxs va o‘zini oqlamoqchi bo‘layotgan uning jamoasiga javobim shunday. Qanday qilib yelka bilan yotib, harakat qilish imkonini qo‘ldan chiqargan tarzda jangda yutish mumkin? Sen bilan ko‘cha jangida hammasi bir soniyada hal bo‘lardi. Seni tiz cho‘ktirishdi, xuddi yosh bolaga o‘xshab ketding», - deya ma'lum qildi mutaxassis.

U irlandiyalik jangchiga jangni o‘zi to‘xtatganini eslatib o‘tdi.

«Yaratgan Habibning yuragiga rahm-shafqat berdi va u sen jangdan bosh tortish bo‘yicha mashina ekanligingni ko‘rsatdi. U bo‘yinni ushlab oldi, lekin bu bo‘g‘ish usuli emasdi. Sen ikkala qo‘lni ham yerga qo‘yding va taslim bo‘lish maqsadida ulardan birini ko‘tarding», - deya ta'kidlab o‘tdi Abdulaziz.

Shuningdek, menejyerning ma'lum qilishicha, faqat 100 million dollar evaziga Nurmagomedov Makgregorning jangni takrorlash bo‘yicha chaqirig‘iga javob beradi.

«Endi sen revanshni xohlayapsan, lekin bizga 100 mln olib kelmasang, u yuz bermaydi. Do‘kon ochib, bor e'tiborni savdoga qarat. Boz ustiga, sening barcha ahmoqona gaplaringdan keyin», - deya xulosa qildi Abdulaziz.

6 oktabr kuni UFC 229 musobaqasida Nurmagomedov to‘rtinchi raundda Makgregorni mag‘lubiyatga uchratdi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Makgregor Nurmagomedov bilan jangdagi o‘z xatolarini ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid