Sport | 17:20 / 25.10.2018
5070
7 daqiqa o‘qiladi

«Arsenal» va «Milan» muhim o‘yinlarda maydonga tushadi. Yevropa Ligasidagi intrigalar

Bugun, 25 oktabr kuni Yevropa Ligasida 3-tur bahslari o‘tkaziladi. O‘yinlarning yarmi Toshkent vaqti bilan soat 21:55da, ikkinchi yarmi esa soat 00:00da boshlanadi.

«Arsenal»ning g‘alabali seriyasi davom etadimi?

Payshaba oqshomidagi asosiy uchrashuv «Arsenal» va «Sporting» o‘rtasida kechadi. Bu Chempionlar ligasi uchun ham munosib bo‘lgan juftlikdir. Bu ikki jamoa ayni vaqtda 6tadan ochko to‘plagan va guruhda birinchi va ikkinchi o‘rinlarni band etib turibdi. Bugungi uchrashuv guruh yetakchisini aniqlab beradi.

Keyingi 13 yilda ilk marta qatorasiga 9 uchrashuvda g‘alaba qozongan «Arsenal» o‘z seriyasini davom ettirish maqsadida Lissabonga tashrif buyurgan. Unai Emeri «Lester»ga qarshi o‘yin dushanba kunga tayinlanganidan xafa bo‘lgandi, premer liga bu orqali London klubida Yevropa Ligasi E guruhi g‘olibligi hal qilinadigan o‘yinga tayyorgarlik uchun bir kundan mahrum etgandi. Boshqa tomondan, «Lester»ga qarshi a'lo darajadagi o‘yin jamoa kayfiyatini ko‘targan, futbolchilarning deyarli barchasi yetuk jismoniy holatda Portugaliyaga yetib kelgan. Faqat Monreal va Kolashinatsning o‘yinda ishtirok etishi hozircha so‘roq ostida turibdi.

Guruhdagi ikkinchi juftlikda «Vorskla» va «Qorabog‘» o‘zaro kuch sinashadi.

V guruhida kim ortiqcha?

Germaniyaning «Leyptsig» jamoasi o‘z maydonida «Seltik»ni qabul qiladi. Bu guruhda 3ta teng kuchli jamoa to‘plangan. Ikkinchi juftlik «Zaltsburg» va «Rusenborg»dan iborat.

2 turdan keyin Avstriya klubi birinchi o‘ringa mustahkamlanib olgan va endi «Leyptsig» va «Seltik» ikkinchi o‘rin uchun kurashmoqda. Bugungi o‘yinda mag‘lub bo‘lgan jamoaning guruhdan chiqish imkoniyati keskin kamayib ketadi.

«Milan» ilgarilab keta oladimi? «Marsel»ning ishlari nima bo‘ladi?
Yakshanba kuni Jyennaro Gattuzo jamoasi Milan derbisida oxirgi daqiqada gol o‘tkazib yuborib, «Inter»ga mag‘lub bo‘ldi va A Seriya turnir jadvalida oxirgi o‘ringa tushib ketdi. Bu «rossoneri»ning avgust oyidan buyon ilk marta mag‘lub bo‘lishi edi. «Betis»ga qarshi o‘yindan oldin o‘tkazilgan matbuot anjumanida jurnalistlar ispan klubi haqida emas, Italiya chempionati haqida so‘rashdi. Lekin «Milan» Yevropa Ligasini qurbon qilmoqchi emas. Jamoa «Betis»ni mag‘lub etib, xalqaro maydondagi zafari orqali ichki muammolarni unuttirishga urinib ko‘radi.

Ayni vaqtda ikki turdan keyin F guruhida «Milan» 6 ochko to‘plagan holda yetakchi, «Betis»da 4 ochko bor.

H guruhida kutilmaganda «Marsel» oxirgi o‘ringa tushib qolgan. Rudi Garsiya shogirdlari dastlab Frankfurtning «Ayntraxt» klubiga o‘z uyida yutqazgandi, ikkinchi turda Kiprda «Apollon» bilan durang hisob qayd etildi. Uchinchi tur o‘yinida «Ayntraxt» guruh autsayderini osonlik bilan mag‘lub etib, guruh masalasini hal qilishi mumkin, «Marsel» esa «Latsio»ga qarshi hal qiluvchi uchrashuvda maydonga tushadi.

Bugun shuningdek, Rossiyaning «Zenit» klubi Fransiyaning «Bordo» klubini o‘z uyida mehmon qiladi. «Chelsi» o‘z uyida BATEni imtihon qiladi, Moskvaning «Spartak» klubi Stiven Jyerard boshchiligidagi «Reyndjers» klubi mehmoni bo‘ladi, «Sevilya» esa Turkiyaning «Oqhisor» klubini qabul qiladi. 

Yevropa Ligasi
3-tur 

«A» guruhi
«Tsyurix»—«Bayyer» 21:55
AYeK—«Ludogorets» 21:55

«B» guruhi
«Zaltsburg»—«Rusenborg»21:55
«Leyptsig» —«Seltik» 21:55

«C» guruhi
«Kopenhagen»—«Slaviya» 21:55
«Zenit»—«Bordo» 21:55

«D» guruhi
«Spartak Trnava»—«Dinamo» Zagreb 21:55
«Anderlext»—«Fenerbahche» 21:55

«E» guruhi
«Vorskla» — «Qorabog‘» 21:55
«Sporting» — «Arsenal» 21:55

«F» guruhi
«Dyudelanj»—«Olimpiakos» 21:55
«Milan»—«Betis» 21:55

«G» guruhi
«Reyndjers»—«Spartak» Moskva 00:00
«Vilyarreal» —«Rapid» 00:00

«H» guruhi
«Ayntraxt» F —«Apollon» 00:00
«Marsel» —«Latsio» 00:00

«I» guruhi
«Sarpsborg»—«Malmyo» 00:00
«Beshiktosh»—«Genk» 00:00

«J» guruhi
«Standard»—«Krasnodar» 00:00
«Sevilya»—«Oqhisor» 00:00

«K» guruhi
«Yablonets»—«Astana» 00:00
«Renn»—«Dinamo» Kiyev 00:00

«L» guruhi
«Chelsi»—BATE 00:00
PAOK—«Vidi» 00:00

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid