Sport | 02:29 / 25.10.2018
12912
4 daqiqa o‘qiladi

YeChL. Messisiz "Barselona" "Inter"ni mag‘lub etdi, "PSJ" o‘z uyida "Napoli"ni yenga olmadi

Foto: Getty Images

Chempionlar Ligasi 3-turidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuvlar o‘tkazildi. 

"Barselona" o‘z maydonida "Inter"ni qabul qilib, ishonchli g‘alabaga erishdi – 2:0. 
32-daqiqada Rafinya hisobni ochgan bo‘lsa, 83-daqiqada Alba ham o‘z hisobiga 1ta gol yozdirib qo‘ydi.

"Borussiya Dortmund" uyiga safar qilgan "Atletiko Madrid" kutilmaganda yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi – 4:0.

Vittsel hamda Sancho o‘z hisobiga 1tadan gol yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, Gerreyru dubl qayd etdi. 

"Napoli" esa Parijda "PSJ"dan ochko olishga muvaffaq bo‘ldi – 2:2.

Mehmonlar safida Insine hamda Mertens 1tadan gol urdi. Parijliklarning ilk goli "Napoli" futbolchisi Mariu Ruyning o‘z to‘pni darvozasiga kiritib qo‘yishi oqibatida kiritilgan bo‘lsa, yana bir gol so‘nggi daqiqalarda Di Mariya tomonidan kiritildi. 

Barselona – Inter 2:0

Gollar: 1:0 – 32 Rafinya, 2:0 – 83 Alba.
Barselona – ter Stegen, Pike, Alba, Serdji Roberto, Langle, Artur (Vidal, 78), Buskets, Rafinya (Nelson Semedu, 72), Rakitich, Koutino (Munir, 88), Suares.
Inter – Xandanovich, Miranda, Shkrinyar, D`Ambrozio, Asamoa, Vesino, Brozovich, Valero (Martines, 63), Kandreva (Politano, 46), Perishich (Keyta Balde, 77), Ikardi.
Ogohlantirishlar: Suares (62), Brozovich (73), Shkrinyar (74), Martines (85).

Borussiya D – Atletiko 4:0

Gollar: 1:0 – 38 Vittsel, 2:0 – 73 Gerreyru, 3:0 – 83 Sancho, 4:0 – 89 Gerreyru.
Borussiya D – Byurki, Diallo, Xakimi, Pishchek, Zagadu, Gettse, Pulishich (Sancho, 79), Roys, Vittsel, Bruun Larsen (Gerreyru, 63), Dileyni (Daud, 35).
Atletiko – Oblak, Godin, Filipe Luis, Xuanfran, Lyuka Ernandes, Saul (Korrea, 70), Koke, Parti (Rodri Ernandes, 46), Lemar, Diyego Kosta, Grizmann.
Ogohlantirishlar: Diallo (13), Parti (35), Lemar (45), Filipe Luis (82), Diyego Kosta (87), Zagadu (90), Korrea (90).

PSJ – Napoli 2:2

Gollar: 0:1 – 29 Insine, 1:1 – 61, avtogol Mariu Ruy, 1:2 – 77 Mertens, 2:2 – 90 Di Mariya.
PSJ – Areolya, Markinos, Bernat (Kerer, 46), Mene, Kimpembe, Verratti (Diabi, 83), Rabo, Di Mariya, Neymar, Kavani (Draksler, 76), Mbappe.
Napoli – Ospina, Albiol, Mariu Ruy, Maksimovich, Kulibali, Fabian Ruis, Gamshik, Kalexon (Rog, 88), Allan, Insine (Zelinski, 53), Mertens (Milik, 84).
Ogohlantirishlar: Markinos (5), Mertens (9), Mariu Ruy (33), Kalexon (81), Maksimovich (86), Ospina (90), Draksler (90).

Liverpul – Tsrvena Zvezda 4:0

Gollar: 1:0 – 20 Firmino, 2:0 – 45 Saloh, 3:0 – 51, penalti Saloh, 4:0 – 80 Mane.
Liverpul – Alisson, Gomes, Robertson (Moreno, 82), Aleksander-Arnold, van Deyk, Veynaldum, Fabino, Shakiri (Lallana, 68), Mane, Saloh (Starrij, 73), Firmino.
Tsrvena Zvezda – Boryan, Degenek, Babich, Stoykovich, Krstichich, Gobelich, Srnich, Yovichich (Chaushich, 75), Ebesilio (Yovanchich, 65), Ben-Nabuan (Simich, 81), Boachi.
Ogohlantirishlar: Stoykovich (50), Krstichich (55), Yovichich (74), Yovanchich (86), Gobelich (88).

Lokomotiv – Portu 1:3

Gollar: 0:1 – 26, penalti Marega, 0:2 – 35 Errera, 1:2 – 38 Miranchuk, 1:3 – 47 Korona.
Lokomotiv – Gilerme, Ignatev, Xevedes, Kverkveliya, Barinov, Kryxovyak, Denisov, Fernandesh (Jyemaletdinov, 66), Miranchuk, Miranchuk, Eder (Lysov, 81).
Portu – Kasilyas, Eder Militao, Felipe, Telles, Maksi Pereyra, Korona (Andre Pereyra, 69), Errera, Braimi (Adrian, 82), Danilu Pereyra, Marega, Oliver Torres (Bazur, 83).
Ogohlantirishlar: Eder (25), Oliver Torres (27), Barinov (50), Korona (59), Ignatev (84).
Chetlatish: Kverkveliya (76). 

Galatasaroy – Shalke 0:0

Galatasaroy – Muslera, Linnes, Kabak, Maykon, Nagatomo (Bayram, 81), Donk, Belxanda, Rodrigesh, Ndiayye, Gyumyush (Inan, 61), Derdiyok (Chelik, 70).
Shalke – Nyubel, Sane, Mendil, Nastasich, Stambuli, Konoplyanka (Skjibski, 77), Kalidjuri, Rudi, Serdar, Embolo (Makkenni, 82), Ut (Burgshtaller, 90).
Ogohlantirishlar: Embolo (49), Nagatomo (52), Linnes (60), Belxanda (90)

Азимжон Бердибеков
Tayyorlagan Азимжон Бердибеков
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid