Jahon | 23:19 / 26.10.2018
10085
1 daqiqa o‘qiladi

Meksikada odamlarni urib ketgan haydovchi olomon qilindi

Foto: Flickr / Tobias

Meksikaning Mexiko shtatida haydovchi katta tezlikda ziyoratchilarga borib urilishi oqibatida 32 kishi jarohat oldi. Bu haqda Excelsior portali xabar berdi.

Fojia 26 oktabrga o‘tar kechasi Chalko munitsipalitetida ziyoratchilar mahalliy cherkov tomon yo‘l olayotganida yuz bergan. Avtofalokatdan keyin ziyoratchilar haydovchini mashinadan tortib chiqarib, qattiq do‘pposlashgan. Buning oqibatida haydovchi voqea joyida jon bergan. Ta'kidlanishicha, jarohat olganlar orasida 14 bola ham bo‘lgan.

Yana bir avtohalokat Tlalmanalko munitsipalitetida yuz bergan. Bu yerda politsiya patrul mashinasi odamlarga borib urilgan. Oqibatda 6 kishi jarohat olgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid