Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya haddan tashqari ko‘p guruch yetishtirilgani sababli 1,5 mlrd dollar yo‘qotdi
Janubiy Koreya byudjyeti mamlakatda guruch haddan tashqari ko‘p yetishtirilgani sababli oxirgi 3 yil ichida 1,5 mlrd dollar yo‘qotdi. Bu haqda Janubiy Koreyaning oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi vaziri ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, hukumat tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchilarning haddan ortiq qo‘llab-quvvatlanishi guruch zaxiralarining ko‘payib ketishiga olib kelgan. Natijada 2016 yildan boshlab ortiqcha guruch chorva uchun yem sifatida qo‘llangan. Ma'lum qilinishicha, uch yil ichida million tonnadan ko‘proq guruch yetishtirilgan.
Guruch ko‘payib ketgani sababli o‘z narxidan 10 marta past narxda sotilgan. Janubiy Koreyada guruch yetishtirish va uni saqlash bilan bog‘liq yillik byudjyet 4,9 mlrd dollarni tashkil qilib, bu mamlakat qishloq xo‘jaligi byudjyetining 39 foizini tashkil qiladi.
Vazirlik shu munosabat bilan guruch yetishtirishning davlat tomonidan tartibga solinishini va bu bilan bog‘liq byudjyet xarajatlarini qisqartirishni taklif qilmoqda.
Mavzuga oid
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
00:47 / 24.05.2025
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
17:25 / 07.05.2025