O‘zbekiston | 23:11 / 27.10.2018
9761
9 daqiqa o‘qiladi

«Nil Granit» MChJ elektr energiyasi uchun to‘lovlarni muntazam ravishda kechiktirib kelgan - MIB raddiyasi

2018 yilning 22 oktabr kuni Kun.uz saytida «Andijonda MIB va tadbirkor o‘rtasidagi chigal vaziyat qanday paydo bo‘ldi?» sarlavhali maqola joylashtirilgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi majburiy ijro byurosidan mazkur maqolada keltirib o‘tilgan faktlarga raddiya taqdim etildi.

MIB Kun.uz’ga bergan raddiyasiga ko‘ra, saytda yoritilgan maqolada Andijon viloyati, Xo‘jaobod tumanida joylashgan «Samo» brendi ostida foydalanayotgan «Nil Granit» mas'uliyati cheklangan jamiyatning elektr tarmog‘idan uzilish holatida tushunmovchilik bor ekanligi, Byuroning Xo‘jaobod tuman bo‘limi xodimlari jamiyatni elektr energiyasidan uzish vaji bilan muntazam bezovta qilishini, joriy yil oktabr oyi uchun jamiyat tomonidan 20 mln. 363 ming so‘mlik qarzdorlik bartaraf etilishiga qaramasdan, ular tomonidan asossiz ravishda tarmoqdan uzilgani bayon qilingan.

Aniqlanishicha, Xo‘jaobod tumanida joylashgan «Samo»brendi ostida foydalanayotgan «Nil Granit» mas'uliyati cheklangan jamiyati 2018 yil 16 yanvar kuni Xo‘jaobod tuman elektr ta'minoti korxonasi bilan 250312-sonli shartnoma asosida elektr energiyasidan foydalanib keladi.

Iste'molchi «Nil Granit» MChJ tomonidan ushbu shartnomada, energiya sarfi bo‘yicha hisobotni «Elektr ta'minoti korxonasi»ga har oyning 25 sanasigacha chopar orqali yoki faksimil aloqa yoxud elektron pochta aloqasi orqali taqdim etishi hamda energiyaning shartnomaviy miqdori qiymati uchun 100 foizlik oldindan haq to‘lash asosida amalga oshirilishi ko‘rsatilgan.

Agarda, iste'molchi shartnoma majburiyatlarini bajarmaganida,
hisob-kitoblar o‘z vaqtida amalga oshirmasdan qarzdorlikni vujudga keltirganida, shuningdek, Byuro organlari talabnomalari ijro etilmaganida, shu jumladan uning tegishli vakillariga hisoblagichlar ko‘rsatkichlarini olish uchun ruxsat etilmaganida, elektr tarmoqlaridan uzib qo‘yilishi belgilangan.

«Nil Granit» MChJ ijrochi direktori A.Matkarimov tomonidan jamiyat nomidan har oyning oxirgi sanasiga qadar kelgusi oyi uchun iste'mol qilinadigan tabiiy gaz, elektr energiyasi va ichimlik suvi miqdorini oldindan 100 foiz miqdorida to‘liq to‘lab borilishiga kafolat xati taqdim qilingan. (2018 yil 17 yanvarda)

Bundan tashqari, ushbu jamiyat elektr energiyasi bo‘yicha to‘lovlarni differensial ta'rif orqali amalga oshiradi.

Ma'lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.01.2018 yilgi 22-sonli Qaroriga muvofiq elektr tarmog‘iga ulanish quvvati 750 kVt. dan yuqori bo‘lganda, eng katta yuklamali soatlarda foydalanilgan elektr energiyasi uchun to‘lovlar belgilangan tarifga nisbatan 1,5 baravar miqdorda o‘suvchi koeffitsiyentni qo‘llash orqali amalga oshiriladi.

Saytda keltirilgan:

  • korxonani elektr energiyasidan uzish vaji bilan Byuro xodimlari muntazam eshik taqillataveradi;
  • joriy yil sentabr oyida berilgan talabnoma nega ro‘yxatga olinmagan va u aynan qaysi oydagi qarzdorlik uchun berilgan edi?
  • agar ushbu talabnoma bo‘yicha 4 oktabr kuni korxona elektr energiyasidan uzilgan bo‘lsa, nega oradan 16 kun o‘tib uzilmoqda, besh kun ichida chora ko‘rilishi lozim edi;
  • MIB xodimlarining tushunarsiz harakatlari oqibatida tadbirkor yo‘q joydan eng kam oylik ish haqining 10 barobari miqdorida ortiqcha xarajat qilishga majbur bo‘ldi;
  • dalolatnoma to‘ldirishda pala-partishlikka yo‘l qo‘yilgan, jumladan, undagi qarzdorlikka oid hisob-kitoblar aniq ko‘rsatilmagan, iste'molchining ishtiroki ta'minlanmagan va dalolatnomada iste'molchining imzolashdan bosh tortganligi sabablari ko‘rsatilmagan kabi vajlar yetarlicha o‘rganilmagan ma'lumot hisoblanadi.

Sababi, Xo‘jaobod tuman elektr ta'minoti korxonasi tomonidan taqdim qilingan ma'lumotlarga ko‘ra, «Nil Granit» MChJ tomonidan iste'mol qilingan elektr energiyasi uchun to‘lovlarni muntazam ravishda kechiktirib kelgan.

(01.02.2018 yil holatiga 12 mln. 484 ming so‘m, 01.03.2018 yil holatiga 12 mln.
706 ming so‘m, 01.04.2018 yil holatiga 81 ming so‘m, 01.05.2018 yil holatiga 92 mln.
854 ming so‘m, 01.06.2018 yil holatiga 23 mln. 243 ming so‘m, 01.07.2018 yil holatiga 14 mln. 753 ming so‘m, 01.08.2018 yil holatiga 35 mln. 914 ming so‘m, 01.09.2018 yil holatiga 53 mln. 575 ming so‘m va 01.10.2018 yil holatiga 20 mln. 363 ming so‘m)

Shu bois, Byuroning tuman bo‘limi xodimlari o‘z vazifasidan kelib chiqqan holda, qarzdorlikni o‘z vaqtida bartaraf etish va to‘liq undirilishini ta'minlash maqsadida, ushbu jamiyatga bir necha bor xizmat vazifasi bilan borishiga to‘g‘ri kelgan.

Jamiyat tomonidan kechikib to‘lash oqibatida, birgina 2018 yil sentabr oyida 53 mln. so‘mlik to‘lovlar 14 sentabr kuni amalga oshirilgan (14 kun kechiktirgan holda).

Bunday kechikib to‘lash holatining oldini olish va jamiyatning to‘lov qobiliyatini inobatga olib, 18 sentabr kuni oktabr oyi uchun elektr energiyasi uchun 110 mln. so‘mlik to‘lovni amalga oshirilishi yuzasidan yuborilgan talabnoma jamiyat ijrochi direktori A.Matkarimov tomonidan qabul qilib olingan.(Talabnoma bo‘limning «Energiya resurslari va suv iste'moli uchun talabnomalarni qayd etish kitobi»da  37-raqam bilan qayd etilgan.)

Shundan so‘ng 27.09.2018 yilda jamiyat tomonidan oktabr oyi uchun oldindan to‘lov uchun 93 mln. so‘m to‘lab berilgan.

Biroq, jamiyat tomonidan amalda (110 mln. so‘m - 93 mln. so‘m = 17 mln. so‘m+3 mln. 363 ming 795 so‘m qo‘shimcha sarf etilgan energiya qiymati) jami 20 mln. 363 ming 795 so‘m kam to‘lov qilingan. Ushbu 20 mln. 363 ming 795 so‘mlik to‘lovni amalga oshirish haqida jamiyat ijrochi direktori A.Matkarimov bir necha martaba ogohlantirilishiga qaramasdan, oldindan to‘lovlar to‘liq amalga oshirilmagan. (Misol uchun, texnik kuzatuv mutaxassisi S.Jabaraliyev tomonidan joriy yilning 2-,3- va 4 oktabr kunlari jamiyat ijrochi direktori A.Matkarimov jamiyat hisob raqamida pul yo‘qligini vaj qilib, oldindan to‘lovni to‘lab berolmasligini aytgan.)

O‘z navbatida, joriy yilning 4 oktabr kuni Byuroning Xo‘jaobod tuman bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.05.2017 yilgi PF-5059 sonli  Farmonining 8-bandi talablari,shuningdek,Vazirlar Mahkamasining 12.01.2018 yildagi 22-sonli Qarorining70-bandi (maishiy iste'molchilardan tashqari, yuridik iste'molchilarga elektr energiyasini yetkazib berish 100 foizlik oldindan haq to‘lash asosida amalga oshiriladi. Oldindan haq to‘lamagan hollarda, mazkur iste'molchilarga nisbatan elektr tarmoqlaridan to‘liq uzishgacha bo‘lgan choralar ko‘riladi) talablari asosida jamiyat elektr energiyasi tarmog‘idan ajratilgan.

(Talabnomaga ko‘ra, jamiyat elektr energiyasi uchun oktabr oyiga oldindan
100 foizlik to‘lovni amalga oshirib, bu haqida tuman Elektr tarmoqlari korxonasiga hisobot  taqdim etishi lozim, biroq jamiyat tomonidan hisobot kech topshirilganligi sababli, elektr energiyasi tarmoqdan 4 oktabr kuni ajratilgan.)

Tarmoqdan uzish jarayoniga jamiyat vakillari chaqirilishiga qaramasdan ishtirok etmagan va uzish dalolatnomasiga imzo qo‘yishdan bosh tortgan.

Jamiyat vakillari tomonidan o‘sha kuni 20 mln. 363 ming 795 so‘mlik kam to‘langan mablag‘ to‘lab berilgan.

Lekin tarmoqdan uzilgan yuridik shaxslar tomonidan qayta ulash uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan eng kam oylik ish haqining 10 baravari (1 mln. 843 ming so‘m) miqdoridagi to‘lovni bajarmaganligi sababli tarmoqqa ulab berilmagan.

Bundan tashqari, jamiyat mas'ullari Byuroning tuman bo‘limini xabardor qilmagan holda, qayta to‘lov amalga oshirilmasdan, o‘zboshimchalik bilan ikkinchi tarmoqqa ulanib olingani aniqlanib, joriy yilning 5 oktabr kuni ikkinchi tarmoqdan ham ajratilgan.

Shundan so‘ng, jamiyat tomonidan 5 oktabr kuni tarmoqqa qayta ulanish uchun 1 mln. 843 ming so‘mlik to‘lov amalga oshirilgani sababli jamiyat tarmoqqa qayta ulab berilgan.

Byuro organlari tomonidan xodimlarning kasbiy ko‘nikma va malakasini oshirish yuzasidan tegishli choralari ko‘rib borilmoqda.

Majburiy ijro byurosi Internet tarmoqlarida tobora ommalashib borayotgan, jamiyatimizdagi ijtimoiy-siyosiy hamda boshqa ko‘plab masalalarni yoritib kelayotgan Kun.uz sayti ma'muriyati mas'ullari Byuro organlari faoliyatiga taalluqli ma'lumot va xabarlarni asosli, obektiv hamda har tomonlama yondashgan holda tayyorlashlarini maqsadga muvofiq, deb hisoblaydi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid