Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Durov Telegram Desktop’da yozishmalarni ko‘rish imkoni borligi haqidagi ma'lumotni rad etdi
Pavel Durov Telegram messenjerida go‘yoki boshqa yozishmalarni o‘qish imkonini beradigan kamchilik borligi haqidagi xabarlarni rad etib chiqdi. Bu haqda messenjer yaratuvchisi o‘z kanalida ma'lum qildi.
«Rossiya ommaviy axborot vositalari tomonidan mavjud bo‘lgan kamchilik haqida yana bir xabar. Texnik jihatdan, kamchilik haqida bildirilgan fikr shunday xulosa beradi: «Agar menda sizning kompyuteringizga kirish imkoni bo‘lganida, men sizning xabarlaringizni o‘qiy olgan bo‘lardim». Bu bayonotning o‘zi tushunarsiz, lekin uning ta'rifi texnologiyalardan uzoq odamni chalg‘itishga imkon beradi», - deya xabar qildi Durov.
Shu bilan birga, messenjer muallifi Rossiya ommaviy axborot vositalarining materiallarini keltirgan, u yerda Telegram Desktop ilovasi go‘yoki foydalanuvchilar shaxsiy yozishmalarini shifrlamasligi, bu ularning shaxsiy yozishmalariga kirish imkonini berishi aytiladi.
Bundan avval, turli xabarlarda Telegram Desktop foydalanuvchi yozishmalarini shifrlamasligi bildirilgandi.
«Telegram Desktop chat ichidagi narsani himoya qila olmaydi va foydalanuvchilar yozishmalarini ko‘rish imkonini beradi», - deyilgandi xabarlarda.
Avvalroq, ommaviy axborot vositalari Telegram’dagi boshqa kamchilik haqida ma'lum qilishgan edi. Ulardan foydalangan holda, Rossiya qonunchilik va siyosiy noroziliklarni o‘rganish markazi ushbu messenjerda foydalanuvchining telefon raqami, ID, familiyasi va nomini aniqlash bo‘yicha dastur ishlab chiqqan.
Mavzuga oid
23:21 / 24.05.2025
Fransiya sudi Durovga Norvegiyadagi forumda ishtirok etishiga ruxsat bermadi
18:29 / 23.05.2025
Vetnam hukumati Telegramʼni bloklashga qaror qildi
18:16 / 23.05.2025
Vetnam hukumati Telegramʼni bloklashga qaror qildi
20:25 / 20.05.2025