Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yong‘inga qarshi texnik xizmat ko‘rsatish faoliyati litsenziyalanadi
Hukumat qarori bilan Yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta'mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi telegram-kanali xabar bermoqda.
Nizomga muvofiq, litsenziyalash suvli, gazli, kukunli yong‘inni o‘chirish qurilmalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va qo‘riqlash-yong‘indan saqlash va yong‘in haqida xabar berish signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta'mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatga tatbiq etiladi.
Nizom bilan mazkur faoliyatni litsenziyalash Ichki ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Lisenziya olish uchun talabgor tomonidan taqdim etiladigan zarur hujjatlar:
• litsenziya berish to‘g‘risida ariza;
• litsenziyalovchi organ tomonidan ariza ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;
• mutaxassislarning malaka tarkibi to‘g‘risida tegishli hujjatlar (mehnat daftarchasining, ma'lumoti yoki maxsus tayyorgarligi to‘g‘risidagi hujjatlarning nusxalari) ilova qilingan ma'lumotlar;
• litsenziyalanayotgan faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnik bazaning mavjudligi to‘g‘risidagi ma'lumotlar.
Lisenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirishda:
• ilgari sudlangan va qasddan jinoyat sodir etganligi uchun muddati o‘talmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslarning;
• ruhiy kasalliklar, giyohvandlik, toksikomaniya, alkogolizm yuzasidan hisobda turuvchi shaxslarning ishga yollanishiga yoki jalb qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Lisenziya berganlik va uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun eng kam oylik ish haqining o‘n baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
Avtotransport vositalarida o‘rnatiladigan yong‘inga qarshi texnik xizmat ko‘rsatish faoliyati litsenziyalanmaydi.
Mavzuga oid
12:02 / 16.05.2025
Umra litsenziyasi berilgan turfirmalar soni 2 taga ko‘paydi
16:23 / 30.04.2025
Turagentlik faoliyati uchun litsenziya talabi bekor qilinadi
18:33 / 18.04.2025
Mineral o‘g‘itlar va pestitsidlar savdosi uchun endi litsenziya talab qilinadi
15:04 / 08.04.2025