Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jismoniy shaxslar 5 ming AQSh dollargacha bo‘lgan tovarlarni bojxona deklaratsiyasi topshirmasdan olib chiqadi
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
Prezident farmoniga ko‘ra, savdo mexanizmlarini yanada takomillashtirish, tovar bozorlarida sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish, shuningdek, tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatining samaradorligini oshirish va xarajatlarni kamaytirish, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini ta'minlash uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida, 2019 yil 1 yanvardan boshlab:
- tovar-xomashyo birjasi a'zolarining daromadlariga qimmatli qog‘ozlar bozorida brokerlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar uchun belgilangan soliqqa tortish shartlari tadbiq etiladi;
- jismoniy shaxslarga 5 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasidan bojxona deklaratsiyasi topshirmasdan olib chiqishga ruxsat etiladi.
Shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar uchun Internet tarmog‘i orqali 5 ming AQSh dollarigacha xalqaro to‘lov tizimi orqali tovar (xizmat)larni eksport qilish uchun to‘lovlarni xaridor bilan yozma shartnoma tuzishni talab qilmasdan, shu bilan birga tashqi savdo operatsiyalari Yagona elektron axborot tizimiga kiritmasdan hamda pochta aloqa xizmatlari ko‘rsatish qoidalariga muvofiq yukning bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirmasdan, hisobotni ommaviy qabul qilingan xalqaro amaliyotga muvofiq yuritgan holda amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
08:40 / 28.05.2025
Chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlari noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
22:43 / 20.05.2025
DXX Qozog‘istondan olib kirilgan 1 mln dollarlik sintetik giyohvandlik vositalarini aniqladi
09:10 / 07.05.2025