O‘zbekiston | 21:10 / 31.10.2018
140434
2 daqiqa o‘qiladi

Vazirlar Mahkamasida Agrosanoat sohasiga vaqtincha mas'ul tayinlandi

Bugun, 31 oktabr kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston bosh prokurori Otabek Murodovga yangi vazifa topshirilgan.

«Kun.uz» manbasi xabar qilishicha, Prezident adminstratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov prezident topshirig‘iga ko‘ra, bosh prokurorga O‘zbekiston hukumatida yangi vazifa topshirilganini ma'lum qilgan.

Endilikda Bosh prokuraturaga Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksining samarali faoliyat olib borishida ko‘maklashish  va bu sohada qonunning qat'iy ijrosini ta'minlash vazifasi yuklatildi.

Eslatib o‘tamiz, 29 oktabr kuni O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Zoyir Mirzayev shov-shuvli ravishda ishdan bo‘shatilgandi

Otabek Murodov
Foto: KUN.UZ

Ma'lumot uchun, Otabek Murodov 1975 yili Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Bosh prokuraturaning jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi alohida muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi, Adliya vazirining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

U 2002 yili Prezident farmoniga ko‘ra «Jasorat» medali bilan taqdirlangan. 2017 yil martida O‘zbekiston Prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar bo‘yicha Davlat maslahatchisi etib tayinlangan. U 3-darajali davlat adliya maslahatchisi hisoblanadi. 

Mavzuga oid