Sport | 14:03 / 01.11.2018
4569
2 daqiqa o‘qiladi

Milliy kurashga ixtisoslashtirilgan maktab-internatga o‘quvchilarni tanlash tartibi belgilandi

Foto: UzA

Adliya vazirligida “Sportning milliy kurash turiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatga o‘quvchilarni tanlab olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Unga ko‘ra, maktab-internatga har yili tanlov asosida 20 nafar qobiliyatli o‘quvchilar 5-sinfga qabul qilinadi, deb yozmoqda Adliya vazirligi telegram-kanali.

O‘quvchilarni maktab-internatga tanlab olishni tashkil etish maqsadida hujjatlar qabul qilinishi boshlanishidan ikki oy oldin maktab-internat tomonidan tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida e'lon beriladi.

Ota-onalar tomonidan qabul komissiyasiga hujjatlar har yili 25 iyundan 25 iyulgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

O‘quvchilar maktab-internatga kirish uchun umumiy jismoniy tayyorgarlik hamda maxsus jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha ixtisoslik imtihonlarini (sinovlarini) topshiradi.

Ixtisoslik imtihonlarini topshirishdan oldin o‘quvchilar 1–5 avgust kunlari hududiy sog‘liqni saqlash muassasasida tashkil etilgan tibbiy komissiya tomonidan ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Ixtisoslik imtihonlari har yili 6–10 avgust kunlari o‘tkaziladi.

Mavzuga oid