Sport | 10:08 / 03.11.2018
8353
2 daqiqa o‘qiladi

Nikolya Sarkozi va Tamim Ol-Soniy JCh-2022 mezbonligi masalasida o‘zaro til biriktirgan – Football Leaks

Foto: Eric Feferberg / AFP

Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi Qatar hukumatiga JCh-2022 mezbonligini qo‘lga kiritishda yordam bergan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Football Leaks ma'lumot tarqatgan.

Manbaning keltirishicha, Sarkozi 2010 yilning 3-fevralida Qatar amiri (o‘sha vaqtda valiahd shahzoda) shayx Tamim bin Hamad Ol-Soniy bilan Parijda kechgan uchrashuvida undan «PSJ» klubini sotib olib, Fransiyada sport telekanali ochishini so‘ragan. Buning evaziga siyosatchi o‘sha vaqtda UYeFA prezidenti lavozimida ishlagan Mishel Platiniga Qatar nomzodini JCh-2022 mezbonligi uchun ilgari surishda yordam berishini buyurishga va'da qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Qatarning mundial mezboni bo‘lishi 2010 yilning 2 dekabrida tasdiqlangan edi. Arablar bu yo‘lda AQSh, Avstraliya, Yaponiya va Janubiy Koreya mamlakatlari bilan raqobatda yutib chiqqan. Mamlakat iqlimidan kelib chiqqan holda chempionat 2022 yilning dekabr oyida bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Ayni manba, shuningdek, FIFA prezidenti Janni Infantino «Manchester Siti» va «PSJ» klublariga xufyona yordam bergan bo‘lishi mumkinligini ma'lum qilgan.

Mavzuga oid