Sport | 03:18 / 04.11.2018
14162
2 daqiqa o‘qiladi

A Seriya. "Yuventus" "Kalyari"ni mag‘lub etdi, "Roma" "Fiorentina" bilan durang o‘ynadi

Foto: Yuventus

Italiya chempionati 11-turidan o‘rin olgan navbatdagi o‘yinlar o‘tkazildi. 

"Yuventus" o‘z maydonida "Kalyari"ni qabul qilib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. 
Maydon egalari safida Dibala, Kuadrado 1tadan gol urgan bo‘lsa, yana bir gol raqib futbolchisi Bradarichning o‘z darvozasini ishg‘ol etgani oqibatida kiritildi. Mehmonlarning yagona javob goliga Joao Pedro mualliflik qildi. 

Yana bir o‘yinda "Fiorentina" o‘z maydonida "Roma"ni qabul qilib, 1:1 hisobida durang qayd etdi. Maydon egalari safida Veretu gol urgan bo‘lsa, mehmonlarning goli Florentsi tomonidan kiritildi. 

Yuventus – Kalyari 3:1

Gollar: 1:0 – 1 Dibala, 1:1 – 36 Joao Pedro, 2:1 – 38, avtogol Bradarich, 3:1 – 87 Kuadrado.
Yuventus – Shchensny, Joau Kanselu, Bonuchchi, Benatiya, De Shilo, Bentankur, Pyanich (Aleks Sandro, 70), Matyuidi (Bardzali, 83), Duglas Kosta (Kuadrado, 46), Dibala, Ronaldu.
Kalyari – Krano, Srna, Cheppitelli, Pizakane, Padoin (Sau, 80), Ionitse (Farago, 67), Bradarich (Chigarini, 56), Barella, Kastro, Joao Pedro, Pavoletti.
Ogohlantirishlar: Bradarich (32), Pavoletti (49), Pizakane (63), Matyuidi (75).

Fiorentina – Roma 1:1

Gollar: 1:0 – 32, penalti Veretu, 1:1 – 85 Florentsi.
Fiorentina – Lafon, Milenkovich, Petstselya, Vitor Ugo, Biragi, Benassi (Dabo, 73), Veretu, Jyerson, Miralyas (Fernandesh, 53), Simeone (Pyatsa, 78), Keza.
Roma – Olsen, Florentsi, Fasio, Jyezus, Kolarov, Nzonzi, Pellegrini, Dzanolo (Kristante, 67), Under (Shik, 74), El-Shaaravi (Klyuyvert, 55), Djyeko.
Ogohlantirishlar: Nzonzi (28), Fasio (36), Biragi (67), Veretu (77), Pellegrini (87), Vitor Ugo (89).

Азимжон Бердибеков
Tayyorlagan Азимжон Бердибеков
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid