Jahon | 17:40 / 04.11.2018
45665
6 daqiqa o‘qiladi

«Urushga tayyor emasmiz»: Yevropa NATO harakatlariga dosh bera olmaydi

NATOning Yevropadagi a'zolari ayni paytda Rossiya bilan urushga tayyor emaslar, deya tan olgan alyansning xalqaro harbiy shtabi rahbari Yan Bruks. Generalning so‘zlariga ko‘ra, harbiy blok qo‘shinlarning mobilligiga ega emas, shuningdek logistika bilan bog‘liq jiddiy muammolarga duchor bo‘lgan. Ilgariroq Rossiya TIV NATOning Trident Juncture 2018 harbiy mashqlarini Rossiyaga qarshi qaratilgan, deya hisoblashini ta'kidlagan edi.

NATO xalqaro harbiy shtabi generali rahbari general-leytenant Yan Bruks alyansning Yevropadagi ishtirokchi davlatlari ayni vaqtda Rossiya bilan urushga tayyor emasliklarini hikoya qilib bergan. Uning so‘zlarini Defense News jurnali keltirmoqda.

Generalning so‘zlariga ko‘ra, harbiy blok qo‘shinlarning ko‘chirilishida yetarli darajada mobillikka ega emas, shuningdek logistika sohasida jiddiy muammolarga duchor bo‘lgan. Harbiy amaldorning aytishicha, NATO kuchlari harbiy texnikaga dosh beradigan yo‘l topishda qiyinchiliklarga duch keladi. Bundan tashqari, asosiy bandargohlar eskirgan temir yo‘llarni ta'mirlashga har doim ham tayyor emas.

«Agar biz uchun muhim bo‘lgan ta'minlovchi kuchlar — ta'minot poyezdlari va kemalari bo‘lmasa bizda buyuk barqudrat davlatlar bilan raqobat qilish salohiyati yo‘q», — degan Bruks.

Harbiy NATO mobilligiga raxna soluvchi boshqa omillarni ham tilga olgan. Uning ta'kidlashicha, alyans ishtirokchisi bo‘lgan davlatning quruqlikdagi yoki havodagi chegarasini kesib o‘tish uchun kerakli ruxsatnoma olinishi kerak. Boz ustiga, bu masala Yevropa Ittifoqi organlari vakolatiga kiradi.

Bu chiqishdan uch kun avval The Straits Times nashri e'lon qigan materialda Shimoliy Atlantika alyansi va Rossiya o‘rtasidagi ziddiyat tobora kuchayib borishi haqda hikoya qilinadi, chunki tomonlar bir vaqtning o‘zida harbiy mashqlarga start berishgan.

Rossiya Markaziy Osiyodagi ittifoqchilari bilan «Buzilmas birodarlik – 2018» mashqlarini boshlagan va u NATOning «sovuq urush» davrlaridan buyon ilk marta o‘tkazilayotgan eng keng miqyosdagi Norvegiyadagi Trident Juncture 2018 («Yagona uchish») mashqlariga o‘ziga xos javob bo‘ldi.

O‘sha maqolada aytilishicha, Rossiya so‘nggi vaqtlarda Yevropaning shimolida harbiy ishtirokini kengaytirish niyatida ekanligi borasida ko‘p signal yuborgan va Arktika qo‘shinlarini kuchaytirgan.

NATO mashqlari go‘yoki G‘arbning nafaqat Shimoliy Yevropadagi, shuningdek Boltiqbo‘yidagi Latviya, Litva va Estoniya kabi kichik va ojiz ittifoqchilarini himoya qilish qat'iyati kuchli ekanligini Moskvaga namoyish qilib qo‘yishga yo‘naltirilgan, deb yozishadi mualliflar.

NATO amaldorlari yirik harbiy mashqlar Rossiya bilan tobora yomonlashib borayotgan munosabatlar oqibati va taranglashayotgan konfrontatsiyani anglab yetish natijasida yuzaga kelganini yashirishmayapti, deyiladi maqolada.

Rossiya TIV Moskva Trident Juncture 2018 harbiy mashqlarini Rossiyaga qarshi qaratilgan deb hisoblashini ta'kidlab o‘tgan.

«Alyans vakillari va unga a'zo davlatlarning no‘noqlarcha bunday harbiy faollikni mudofaa maqsadlarida o‘tkazilayapti, deyishlariga qaramasdan, bu harbiy salohiyatning namoyishi ochiq-ravshan aksilrossiya yo‘nalishida ekanligi ko‘rinib turibdi. Mohiyatan, Trident Juncture 2018 doirasida NATO harbiy mutaxassislarining Rossiyani kuch bilan «tiyib turish» bo‘yicha so‘nggi ishlanmalari bizning iqlimimizga maksimal yaqin sharoitda amalda sinab chiqiladi», — deyiladi RF TIV kommyunikesida.

Diplomatik idora bunga isbot sifatida NATO harbiylari tomonidan «mos keluvchi raqib» bilan «yuqori intensivlikda» quruqlikda, dengizda, havoda, shuningdek kibermuhitda nafaqat mudofaa, shuningdek hujumkor operatsiyalarni o‘tkazish ko‘nikmasi mashq qildirilganini keltiradi. Alyans mashqlarning o‘ziga xos jihatlaridan yana biri harbiy xizmatchilarni past haroratda harakatlarga tayyorlashdan iborat.

Bu orada NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Trident Juncture 2018 mashqlari chog‘ida Rossiya bilan yangi qurollanish poygasida ishtirok etishni istamayotganini bildirgan.

«Biz qurollanish poygasini istamaymiz, shu sababli biz Rossiya bilan munosabatlarni yaxshilashimiz kerak», — degan Shimoliy Atlantika alyansi rahbari.

U shuningdek Rossiya va G‘arb o‘rtasida yangi «sovuq urush» avj olishi tahdidini ham inkor etdi.

«Biz «sovuq urush» holatida emasmiz, biz jamoaviy mudofaani mashq qilmoqdamiz. Gap mojaroni provokatsiya qilish emas, uni bartaraf etish haqda bormoqda, chunki tinchlikni saqlashning eng yaxshi yo‘li — kuchli tiyib turish vositasiga ega bo‘lishdir», — degan Stoltenberg.

Atlantika harbiy ittifoqi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, SSSR va Rossiyaga qarshi turish o‘rtasida «juz'iy farq bor» — XX asrda AQSh va sovet ittifoqi doimiy harbiy tayyorgarlik holatida bo‘lishgan, biroq vaziyat oldindan aytish mumkin bo‘lgan darajada edi. Bugun esa, aksincha, ziddiyat ko‘lami kamroq, biroq hech narsani oldindan aniq aytib bo‘lmaydi.

U shuningdek Norvegiyada — Rossiya chegaralari yaqinida raketa uchirishlar har ikki tomon uchun xavfsiz ekanligini ishonch bilan ta'kidladi.

NATOning Trident Juncture 2018 harbiy mashqlarida alyansning 30 davlatidan 50 mingga yaqin harbiy askarlar, 130ta samolyot va 60ta kema ishtirok etdi. Boshqa texnikalar qatori, manyovrlarda Bundesverning 100ta tanki ishtirokida harbiy harakatlar mashq qilingan.

Mavzuga oid