Jahon | 10:34 / 05.11.2018
4024
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda Air Astana negizida hamyonbop aviakompaniya tashkil etiladi

Foto: Air Astana

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakatda hamyonbop aviakompaniya – loukoster tashkil etish topshirig‘ini berdi. U bu haqda Qozog‘iston investitsiyalar va rivojlanish vaziri Jyenis Kasimbek, “Samruk-Qazyna” AJ direktorlar kengashi raisi Richard Evans va Air Astana aviakompaniyasi prezidenti  Piter Foster bilan uchrashuvda ma'lum qilgan. 

Foto: akorda.kz

Jumladan, Nursulton Nazarboyev aholi uchun aviatashuv xizmatlari hamyonbopligini oshirish muhimligini ta'kidlab o‘tgan. 

“Air Astana bosh aviakompaniyamiz hisoblanadi. Biz uni Richard Evans bilan birgalikda tashkil etganmiz. O‘tgan yillar ichida katta ish qilindi. Bugungi kunda kompaniya o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatgan va katta nufuzga ega”, deb aytgan Qozog‘iston rahbari.

Air Astana Qozog‘istonning eng yirik aviakompaniyasi bo‘lib, “Samruk-Kazyna” milliy farovonlik jamg‘armasi (51 foiz) va Britaniyaning BAE Systems PLC kompaniyasi (49 foiz) qo‘shma korxonasi hisoblanadi. Bugungi kunda uning parkida 33 ta samolyot bor, joriy yil oxirigacha ularning sonini 36 taga yetkazish rejalashtirilgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid