Sport | 10:06 / 05.11.2018
5478
3 daqiqa o‘qiladi

La Liga. «Real Sosedad» bilan golsiz durang o‘ynagan «Sevilya» 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi (turnir jadvali)

Foto: LaLiga

Yakshanba kuni Ispaniya La Ligasida 11-tur o‘yinlari davom ettirildi.

Shu kuni bo‘lib o‘tgan 5 ta uchrashuvdan 4 tasida o‘yinning so‘nggi daqiqalarida kiritilgan gol yakunda qaysidir jamoani 3 ochkodan mahrum etgan bo‘lsa, yana qaysidir klub g‘alabani ilib ketdi. Xususan, «Eybar» «Alaves» bilan o‘yin so‘ngidagi gol evaziga g‘olib chiqdi, «Levante» va «Ueska» klublari mos ravishda «Vilyarreal» va «Xetafe»ga qarshi bahslar so‘ngida to‘p o‘tkazib yuborib, 3 ochkoni qo‘ldan chiqardi – har ikki o‘yinda ham 1:1 hisobida durang qayd etildi.

«Betis» - «Selta» o‘yinida ham shunga o‘xshash vaziyat kuzatildi. Farqi – uchrashuv gollar boy tarzda o‘tgani (3:3) va undagi so‘nggi gol qo‘shib berilgan daqiqalarda emas, 87-minutda urilgani. Yana bir bahs - «Real Sosedad» - «Sevilya» o‘yinida hisob ochilmadi.

Kechagi o‘yinlardan so‘ng musobaqa jadvalida birdaniga 3 ta klub - «Sevilya», «Atletiko» va «Alaves» - peshqadam «Barselona»ni teng 20 ochko bilan ta'qib etmoqda. Kataloniyaliklar hisobida 24 ochko bor.

Bugun tunda (01:00) bo‘lib o‘tadigan «Espanol» - «Atletik» bahsi 11-turga yakun yasab beradi.

Ispaniya chempionati, 11-tur
4 noyabr
Eybar – Alaves 2:1 (0:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 4 Xoni Rodriges, 1:1 – 69 Jordan, 2:1 – 90 Diop.
Chetlatishlar: Duarte (24, Alaves), De Blasis (62, Eybar).

Vilyarreal – Levante 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 0:1 – 77, avtogol Funes Mori, 1:1 – 90 Pedrasa.

Ueska – Xetafe 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 50 Echeyta, 1:1 – 90 Molina.

Real Sosedad – Sevilya 0:0

Betis – Selta 3:3 (1:0, 2:3)
Gollar: 1:0 – 33 Moron, 2:0 – 57 Firpo, 2:1 – 63 Maksi Gomes, 2:2 – 69 Brais Mendes, 2:3 – 84 Maksi Gomes, 3:3 – 87 Kanales.

4 noyabr
01:00. Espanol – Atletik

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid